Oser soʻnggi oʻrindan qutuldi

Oser soʻnggi oʻrindan qutuldi
15-tur doirasida Liga 1 musobaqasida "Oser" va "Mets" jamoalari oʻzaro toʻqnash kelishdi. Bu oʻyin ikkala jamoa uchun ham turnir jadvalining soʻnggi oʻrnidan chiqib ketish uchun muhim ahamiyatga ega edi.

Uchrashuvning 36-daqiqasida "Mets" jamoasi futbolchisi Sadibu Sane qoʻli bilan oʻynagani uchun jamoasi darvozasiga penalti belgilandi. "Oser" futbolchisi Lassin Sinayoko zarbani aniq amalga oshirib, hisobni ochdi – 1:0.

Oradan uch daqiqa oʻtib, Usama El-Azzuzi hisobni ikki baravar oshirdi. Birinchi boʻlim yakunida "Mets" futbolchisi Gotye En jarima zarbasidan toʻpni darvozaga yoʻllab, hisobni qisqartirdi – 2:1.

Ikkinchi boʻlimda "Mets" hujumchisi Xabib Diallo oʻz jamoasi uchun yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi. Oʻyinning 89-daqiqasida esa Kevin Danua uzoq masofadan kuchli zarba yoʻllab, uchinchi golni kiritdi va natijani 3:1 koʻrinishiga keltirdi.

Mazkur gʻalaba "Oser" jamoasini turnir jadvalida soʻnggi oʻrindan olib chiqib, "Mets"ni eng quyi pogʻonaga tushirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.