Kenan Yildiz Del Pyero rekordini takrorladi

\"Yuventus\" hujumchisi Kenan Yildiz \"Napoli\"ga qarshi o‘yinda o‘zini ko‘rsatdi. 20 yoshli futbolchi uchrashuvning 59-daqiqasida hisobni tenglashtirdi (1:1).
Opta statistika ekspertlariga ko‘ra, Yildiz so‘nggi 50-yil ichida 21 yoshdan kichik bo‘lgan holda Italiya A Seriyasining dastlabki 15 turida 5 yoki undan ortiq gol kiritgan ikkinchi \"Yuventus\" futbolchisidir. Bungacha bu natijaga 1994/95 mavsumida afsonaviy Alessandro Del Pero erishgan.
Yildiz joriy mavsumda Italiya chempionatida 13 o‘yinda 5 gol urdi va 3 marta golli uzatmani amalga oshirdi. Uchrashuv yakunida esa \"Napoli\" futbolchisi Rasmus Xoylund dubl qayd etib, hisobni 2:1 ko‘rinishiga olib keldi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













