Elmas: Klubga har qanday holatda xizmat qilaman

Elmas: Klubga har qanday holatda xizmat qilaman
“Napoli” Turinning “Yuventus” jamoasini magʻlubiyatga uchratib, 14-turdan soʻng A Seriya musobaqa jadvalining yetakchiligini qaytarib oldi. Klubning makedoniyalik himoyachisi Elif Elmas oʻyinning muvaffaqiyatli yakunlari haqida fikr bildirib, jamoasiga va bosh murabbiyga har qanday holatda xizmat qilishga tayyor ekanligini taʼkidladi.

“Men maydonda hamma narsani qila olaman. Bu vaziyatga bogʻliq.

Bugun yarim himoyada oʻynadim va jamoaga yordam bergan koʻrinaman. Biz oʻyinga tayyorgarlik koʻrganimizda, raqibdan hujumchining ishtirokini kutgan edik, ammo ularning markaziy hujumchining yoʻqligi biz uchun kutilmagan holat boʻlmadi.

Biz bu gʻalabaga loyiq edik”, – dedi Elmas calcionapoli1926.it saytiga bergan intervyusida. A Seriyaning 15-turida “Napoli” “Udineze” bilan bellashadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.