Politano: "Hammasi sen uchun, Napoli"

Politano: "Hammasi sen uchun, Napoli"
"Napoli" Italiya chempionatining o'n to'rtinchi turida "Yuventus" ustidan g'alaba qozonib, turnir jadvalida yana birinchi o'ringa qaytdi. Neapollik klub futbolchisi Matteo Politano o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi va bu borada ijtimoiy tarmoqlarda quyidagi so'zlarni yozdi: "Hal qiluvchi lahzalarda jamoaning o'ziga xosligi hammasini hal qiladi.

Bu juda muhim g'alaba edi. Hammasi sen uchun, "Napoli"." Keyingi turda Italiya chempioni oq-qora chiziqli libosda maydonga tushadigan boshqa bir jamoa - "Udineze"ga qarshi o'yin o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, Matteo Politano 2020-yildan buyon "Napoli" safida to'p surib kelmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.