Gonsales: Jamoamiz ishlari tan olinmayapti

Gonsales: Jamoamiz ishlari tan olinmayapti
“Espanol” bosh murabbiyi Manolo Gonsales matbuot anjumanida o‘z jamoasining “Rayo Valyekano” ustidan qozonilgan g‘alabasidan so‘ng fikr bildirdi. La Liganing 15-turida o‘tgan ushbu uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi.

“Bu juda katta yutuq va bizga hech kim yetarlicha eʼtibor bermayapti. Jamoamizning qilayotgan ishlari haqiqatdan ham ajoyib, ammo bu eʼtirof etilmayapti.

Biz ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirdik: yuqori ligaga chiqish jarayoni, sinovlarga boy mavsum, deyarli yangi futbolchilarni jalb qilmasdan jamoani shakllantirish. Juda kam mablag‘ sarfladik, lekin bajargan ishlarimiz hayratlanarli darajada edi va bu tan olinishi kerak”, — dedi Gonsales.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Espanol” 27 ochkoga ega holda turnir jadvalining 5-pog‘onasida joylashdi. “Rayo Valyekano” esa 17 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.