Inter Chempionlar Ligasi o'yinida yetakchi himoyachisidan ayrilishi mumkin

Inter Chempionlar Ligasi o'yinida yetakchi himoyachisidan ayrilishi mumkin
Inter jamoasi Chempionlar Ligasi guruh bosqichining oltinchi turida 9-dekabr kuni boʻlib oʻtadigan "Liverpul"ga qarshi muhim uchrashuvda asosiy markaziy himoyachisi Manuel Akanji xizmatidan mahrum boʻlishi mumkin. Bu haqda Sky Sport xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, shveysariyalik futbolchida soʻnggi kunlarda gripp belgilari aniqlangan, shu sababli u "neradzurri"ning soʻnggi mashgʻulotida ishtirok eta olmagan. Manuel Akanji salomatligi boʻyicha yakuniy qaror seshanba kuni boʻlib oʻtadigan tibbiy koʻrikdan soʻng qabul qilinadi.

Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 17 ta oʻyinda maydonga tushgan, biroq gol urmagan. Inter jamoasi hozirda Chempionlar Ligasi guruhida 12 ochko bilan toʻrtinchi oʻrinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.