Flik: Bizda ulkan o'sish salohiyati bor

Flik: Bizda ulkan o'sish salohiyati bor
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning fikricha, uning jamoasi doimiy ravishda o'sishda davom etadi. «O'ylaymanki, biz hech qachon rivojlanishni to'xtatmaymiz – har doim o'sish uchun imkoniyat bor.

Mashg'ulotlar uchun vaqt kam, ammo men maydonda futbolchilarimizning o'sishni xohlayotganini ko'ryapman. Mavjud sifatdan mamnunman, ammo biz doimo yaxshilanishni istaymiz.

Bizda ulkan o'sish salohiyati mavjud», – dedi Flik matbuot anjumanida. «Barselona» Ispaniya chempionati turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Ikkinchi o'rindagi «Real» «ko'k-anorranglilar»dan to'rt ochkoga ortda qolmoqda. «Barselona» o'zining navbatdagi uchrashuvini 9-dekabr, seshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida «Ayntraxt»ga qarshi o'tkazadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.