Zidan Realga qaytmaydi

Zidan Realga qaytmaydi
Xabi Alonso bilan xayrlashish ehtimoli tugʻilsa, "Real" bosh murabbiylik uchun Zinedin Zidanni taklif qilishi mumkin, degan gap-soʻzlar mavjud. Ammo fransuz murabbiyining "qaymoqranglilar" boshqaruviga uchinchi marta kelishi ehtimoli juda kam.

Transfer News Live nashri AS manbasiga tayanib xabar berishicha, "Real" Zidanning qaytishini rejalashtirmayapti. Shu bilan birga, Zidan hozirda Fransiya futbol federatsiyasi bilan faol muzokaralar olib bormoqda va katta ehtimol bilan 2026-yilgi jahon chempionatidan soʻng Dide Deshamni milliy terma jamoa boshqaruvida almashtiradi.

"Real" yaqinda "Selta"ga qarshi oʻyinda (0:2) magʻlubiyatga uchradi va endilikda La Ligada "Barselona"dan toʻrt ochkoga ortda qolmoqda. Klub bosh murabbiyligi uchun yana bir nomzodning nomi maʼlum boʻldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.