Savichevich: Leau 10-raqamni munosib oldi

Savichevich: Leau 10-raqamni munosib oldi

Savichevich: Leau 10-raqamni munosib oldi
Italiyaning \"Milan\" klubi sobiq hujumchisi Deyan Savichevich Rafael Leau haqida o\'z fikrlarini bildirdi. U ilgari 17-raqam ostida o\'ynagan Leau endilikda 10-raqamni kiyib, jamoada harakat qilmoqda.

Savichevichning so\'zlariga ko\'ra, Leau 10-raqamni munosib ravishda olgan, ammo u maydonda klassik \"o\'nlik\" pozitsiyasida emas. \"U 10-raqamni chempionlikdan so\'ng oldi, ammo u klassik \'o\'nlik\' emas.

U qanot futbolchisi, juda tezkor va yorib o\'tishga qodir. Shunday bo\'lsa-da, 10-raqamni kiyishga loyiqdir\", - dedi Savichevich pianetamilan.it nashriga.

Eslatib o\'tamiz, Leau \"Milan\" safida 2019 yildan beri o\'ynamoqda. U avvalroq \"Sporting\" va \"Lill\" jamoalarida faoliyat yuritgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.