Leau jarohat oldi, ammo xavfli emas


Italiyaning \"Milan\" klubi A Seriyaning 14-turida \"Torino\" ustidan gʻalaba qozondi. Ammo jamoaning asosiy hujumchisi Rafael Leau birinchi bo‘limning oʻrtalarida maydonni tark etdi.
U jarohat olgani sababli almashtirildi. Biroq keyinchalik maʼlum boʻldiki, Leau jiddiy jarohat olmagan.
Portugaliyalik futbolchining almashtirilishiga sabab boʻlgan holat oddiygina mushak tirishishi boʻlgan. Bu esa uning keyingi tur oʻyinida maydonga tusha olishi mumkinligini anglatadi.
\"Milan\" hozirda faqat A Seriyada ishtirok etmoqda, chunki ular mamlakat kubogidan chiqib ketgan. Yaqin orada jamoa Italiya Superkubogida ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













