Vitinya: Luis Enrike faoliyatimda burilish yasadi

2022-yilda yarim himoyachi Vitinya Portugaliyaning "Portu" klubini tark etib, Fransiyaning "PSJ" jamoasiga o‘tdi. Ammo uning faoliyatidagi burilish faqat ispaniyalik mutaxassis Luis Enrike "PSJ" bosh murabbiyi bo‘lgandan keyin yuz berdi.
Vitinya Luis Enrikening mehnati uchun unga juda minnatdor ekanligini ta'kidladi. "Luis Enrike men uchun hal qiluvchi omil bo‘ldi.
U mening o‘sishimga katta yordam berdi. Ba'zan u haddan tashqari talabchan, ammo bu menga yoqadi, chunki faqat shu yo‘l bilan rivojlanish mumkin.
Shuningdek, u insoniy jihatdan ham o‘zgacha murabbiy bo‘lib, bu juda muhim," - dedi Vitinya derbyderbyderby.it saytiga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, "PSJ" Yevropa Chempionlar Ligasi amaldagi g‘olibi hisoblanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Vitinya Luis Enrikening mehnati uchun unga juda minnatdor ekanligini ta'kidladi. "Luis Enrike men uchun hal qiluvchi omil bo‘ldi.
U mening o‘sishimga katta yordam berdi. Ba'zan u haddan tashqari talabchan, ammo bu menga yoqadi, chunki faqat shu yo‘l bilan rivojlanish mumkin.
Shuningdek, u insoniy jihatdan ham o‘zgacha murabbiy bo‘lib, bu juda muhim," - dedi Vitinya derbyderbyderby.it saytiga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, "PSJ" Yevropa Chempionlar Ligasi amaldagi g‘olibi hisoblanadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













