Zabarnıy va Safonov o‘rtasida mojarolar yo‘q


PSJ himoyachisi, ukrainalik Ilya Zabarnıy, jamoa darvozaboni, rossiyalik Matvey Safonov bilan o‘ynashga qarshi emasligini ko‘rsatdi. Bu holat Frantsiya chempionatining 15-turida \"Renn\" jamoasiga qarshi uchrashuvda kuzatildi.
Le Parisien nashriga ko‘ra, poytaxt klubi ushbu masalaga oid mish-mishlardan norozi bo‘lib, futbolchilar o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini tasdiqladi. Mazkur uchrashuvda PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike shogirdlari \"Renn\"ni 5:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratishdi.
Eslatib o‘tamiz, Zabarnıy joriy yilning yozida \"Bornmut\" jamoasidan PSJ safiga qo‘shilgan edi. Safonov esa PSJ safida 2024-yilning yozidan buyon faoliyat olib bormoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













