Entoni Gordon: 'Juda ko‘p imkoniyatlarni boy bermoqdamiz'

Entoni Gordon: 'Juda ko‘p imkoniyatlarni boy bermoqdamiz'
Yevropa futbolidagi eng nufuzli musobaqa – Chempionlar ligasi guruh bosqichining oltinchi tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Angliyaning "Nyukasl" klubi Leverkuzenning "Bayer" jamoasi bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

"Nyukasl" hujumchisi Entoni Gordon o‘z jamoasining g‘alabalarni juda ko‘p boy berayotganidan afsusda ekanligini bildirdi. "Men bu o‘yinni qanday boy berganimizni tushunmayapman.

Ammo bu holat biz bilan juda tez-tez sodir bo‘lmoqda. Biz oxirgi daqiqalarda juda ko‘p gol o‘tkazyapmiz", – deydi Gordon BBC Sport nashriga bergan intervyusida.

"Nyukasl" Chempionlar ligasidagi keyingi uchrashuvini yanvar oyida PSV klubiga qarshi o‘tkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.