Martinelli Chempionlar Ligasi rekordini o‘rnatdi


Gabriel Martinelli Londondagi \"Arsenal\" klubi uchun Chempionlar Ligasi rekordini o‘rnatdi. Braziliyalik futbolchi jamoasining \"Bryugge\"ga qarshi o‘yinida uchinchi golni kiritdi.
24 yoshli hujumchi turnirdagi ketma-ket beshta uchrashuvda gol urgan va bu \"Arsenal\" tarixidagi yangi rekorddir. Agar barcha Yevrokuboklarni hisobga olsak, bu natija klub tarixidagi eng yaxshi seriyalardan biridir.
So‘nggi marta Tyerri Anri 2000 yili UEFA Kubogida oltita ketma-ket o‘yinda gol urgan edi. Gabriel Martinelli ushbu mavsumdagi Chempionlar Ligasi to‘purarlari ro‘yxatida beshta gol bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
U faqat Kilian Mbappe (to‘qqizta), Viktor Osimhen va Erling Holand (oltitadan)dan ortda qolmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













