Unai Emeri Harvi Elliotning kelajagi haqida gapirdi

Unai Emeri Harvi Elliotning kelajagi haqida gapirdi

Unai Emeri Harvi Elliotning kelajagi haqida gapirdi
Aston Villa bosh murabbiyi Unai Emeri jamoa yarim himoyachisi Harvi Elliotning kelajagi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. \"Liverpul\" futbolchisi hozirda Birmingem jamoasida ijarada o‘ynamoqda, ammo u maydonga tushish imkoniyatini deyarli olgani yo‘q.

\"Umid qilamanki, biz uning doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun yechim topa olamiz. U hozir ijarada, lekin bu uning bilan doimiy shartnoma imzolanadi degani emas\", – dedi Emeri.

22 yoshli yarim himoyachi \"Aston Villa\" safida barcha turnirlar doirasida yettita o‘yinda ishtirok etib, bir marta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Elliotning \"Liverpul\" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.