Safonov Chempionlar Ligasi o‘yinida yuqori baho oldi


UEFA Chempionlar Ligasining umumiy bosqichi oltinchi turida \"PSJ\" safarda Bilbao \"Atletik\"iga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi.
Fransiyaning Lequipe nashri o‘yindan so‘ng futbolchilarning o‘yinini baholadi. Rossiyalik darvozabon Matvey Safonov ushbu o‘yinda o‘z darvozasini daxlsiz saqlab, 6 ball bilan baholandi.
\"PSJ\" futbolchilaridan faqat yarim himoyachi Uorren Zair-Emmeri undan yuqoriroq baho oldi. Eslatib o‘tamiz, Safonov \"PSJ\" safida ketma-ket ikki \"quruq\" o‘yin o‘tkazdi.
Bungacha parijliklar \"Renn\"ni 5:0 hisobida mag‘lub etgan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













