Ibrohimovich «Napoli»ga o‘tishi mumkin


“Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Zlatan Ibrohimovich faoliyatini “Napoli”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fut.uz xabar bermoqda.
Avvalroq “MYu” shvesiyalik futbolchiga 2019 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qilgan edi.
“Ibrohimovich kelajagi haqida biror narsa deya olmaysan. Balki shunday bo‘lar deydi”,– deydi Zlatanning agenti Mino Rayola.
Futbolchi “Manchester Yunayted”ga o‘tgan yozda kelib qo‘shilgan edi. Bu mavsum barcha musobaqalarda 32 o‘yinda maydonga tushib, 19 golga mualliflik qilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













