Vinisius 15 o‘yinda gol ura olmayapti

Vinisius 15 o‘yinda gol ura olmayapti
Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior yana gol ura olmadi. Yevropa Chempionlar Ligasining so‘nggi turida "Real" o‘z maydonida "Manchester Siti"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Madridliklar safidagi yagona golni Rodrigo kiritdi. "Manchester Siti"ga qarshi o‘yin Vinisius uchun ketma-ket 15-o‘yin bo‘lib, unda u gol ura olmadi.

Ushbu seriya klub va milliy jamoa miqyosidagi barcha musobaqalarni o‘z ichiga oladi. U so‘nggi marta 10-oktabr kuni Braziliya va Janubiy Koreya o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida (5:0) gol urgan edi.

Joriy mavsumda Vinisius "Real" safida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.