Liverpul Salohga o‘rinbosar izlashni boshladi

Liverpul Salohga o‘rinbosar izlashni boshladi
Mohamed Salohning "Liverpul"dagi kunlari tugayotgan bo‘lishi mumkin. Hujumchi jamoaning asosiy tarkibida ko‘pincha joy olmasligidan norozi ekanligini ochiq aytib o‘tgan.

Shu sababli u Chempionlar Ligasi doirasidagi "Inter"ga qarshi o‘yinda ishtirok etmadi va Italiyaga olib ketilmadi. Salohning qishki transferlar vaqtida "Liverpul"ni tark etishi ehtimoli haqida gaplar yuribdi.

Mersisayd klubi bunga tayyor bo‘lish maqsadida uning o‘rniga o‘yinchi izlash ishlarini allaqachon boshlab yubordi. Daily Briefing nashrining xabar berishicha, "Liverpul" hozirda PSJ hujumchisi Bredli Barkolaga katta qiziqish bildirmoqda va uni ancha vaqtdan beri kuzatib kelmoqda.

Barkola boshqa takliflarga ochiq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. U PSJning hujum chizig‘ida bir nechta raqiblariga nisbatan pastroq o‘rinda joylashgan.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 23 yoshli Bredli Barkolaning transfer narxi 70 million yevroga baholanmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.