Bavariya vingeri noyabr oyining eng yaxshisi bo‘ldi

Germaniya Bundesligasida noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Bu mukofot Bavariya klubi vingeri Maykl Olesega nasib etdi.
Olese o‘tgan oyda Germaniya chempionatida to‘rtta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi va uchta golli uzatma berdi. Uning barcha beshta samarali harakati Frayburgga qarshi bahsda (6:2 hisobidagi g‘alaba) qayd etildi.
Bavariya hozirda Bundesligada peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi Leyptsig klubi Myunxen grandidan sakkiz ochkoga ortda (29 ochkoga qarshi 37 ochko).
Bavariyaning navbatdagi uchrashuvi 14-dekabr, yakshanba kuni, o‘z maydonida Mayntsga qarshi bo‘lib o‘tadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Olese o‘tgan oyda Germaniya chempionatida to‘rtta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi va uchta golli uzatma berdi. Uning barcha beshta samarali harakati Frayburgga qarshi bahsda (6:2 hisobidagi g‘alaba) qayd etildi.
Bavariya hozirda Bundesligada peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi Leyptsig klubi Myunxen grandidan sakkiz ochkoga ortda (29 ochkoga qarshi 37 ochko).
Bavariyaning navbatdagi uchrashuvi 14-dekabr, yakshanba kuni, o‘z maydonida Mayntsga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













