Braida: Modrich haqiqiy chempion

Braida: Modrich haqiqiy chempion
Italiyaning "Milan" klubi sobiq vakili Ariyedo Braida xorvatiyalik futbolchi Luka Modrichning o‘yinlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Braida Modrichni katta harflar bilan yoziladigan Chempion deb atadi.

"Luka - haqiqiy chempion. 40 yoshida ham u hayratlanarli ishlarni amalga oshirmoqda.

U eng yuqori darajadagi professional bo‘lib qolmoqda. "Milan" uni imkon qadar uzoq vaqt saqlab qolishi kerak", - deya Braidaning so‘zlarini keltiradi Tuttosport.

Eslatib o‘tamiz, xorvatiyalik futbolchi avvalroq Angliyaning "Tottenhem" va Ispaniyaning "Real Madrid" klublarida uzoq vaqt davomida o‘ynagan. 2018 yilda u "Oltin to‘p" mukofotiga sazovor bo‘lgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.