Bryada: Mayk Menyan «Milan» uchun muhim o‘yinchi

Bryada: Mayk Menyan «Milan» uchun muhim o‘yinchi
«Milan»ning sobiq funksioneri Ar'yedo Bryada fransiyalik darvozabon Mayk Menyanni saqlab qolish klub uchun juda muhim ekanini aytdi. "Menyan juda xarizmatik va maydonda ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda.

U doimo to‘p yaqinida bo‘ladi. Agar sizga sovrinlar kerak bo‘lsa, Menyan kabi darvozabon kerak.

Katta maqsadlari bor klub bunday futbolchilarni har qanday sharoitda saqlab qolishi kerak, marhum Silvio Berluskoni ham shunday deyishgan edi", – dedi Bryada Tuttosport nashriga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, Mayk Menyan 2021 yildan beri «Milan» sharafini himoya qilib keladi.

U 2022 yilda klub bilan birgalikda Italiya chempioni bo‘lgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.