De Laurentis: Napoli har doim g‘alaba qozona olmaydi

De Laurentis: Napoli har doim g‘alaba qozona olmaydi
Italiyaning "Napoli" klubi prezidenti Aurelio de Laurentis jamoasining Chempionlar Ligasi doirasida "Benfika"ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatidan so‘ng fikr bildirdi. Umumiy bosqichning oltinchi turida o‘tkazilgan uchrashuv 0:2 hisobida yakunlandi.

"Biz Konte bilan do‘stmiz. Muvaffaqiyat kimnidir demotivatsiya qilishi mumkin, lekin bu unga taalluqli emas!

Jamoa har doim g‘alaba qozona olmaydi. Mourinyo ko‘p narsani biladi, garchi ko‘pchilik unga ishonmay qo‘ygan bo‘lsa ham.

Shuncha sovrinlarni qo‘lga kiritgan murabbiyni tamom bo‘ldi deb aytish mumkinmi?" — dedi funksioner jurnalist Nikolo Skira bilan suhbatda. Olti turdan so‘ng "Napoli" umumiy bosqich turnir jadvalida 23-o‘rinda bormoqda va 7 ochko to‘plagan.

Chempionlar Ligasining keyingi turida Konte shogirdlari safarda "Kopengagen"ga qarshi maydonga tushadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.