Murilo uchun Real Madrid va Chelsi raqobatlashmoqda

Murilo uchun Real Madrid va Chelsi raqobatlashmoqda
Nottinhem Forest markaziy himoyachisi Murilo Londonning Chelsi va Madridning Real klublari transfer maqsadiga aylangan. Bu haqda Mail Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchi 2026 yilning yozida boshqa klubga o‘tishga tayyor. Ammo "Forest" klubini uni sotishga ko‘ndirish uchun 62,7 million yevrodan ortiq summani taklif qilish talab etiladi.

Joriy mavsumda 23 yoshli Murilo barcha musobaqalarda 13 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Muriloning "Nottinhem Forest" bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.

Transfermarkt portali uning qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.