Bulyikin: Safonov PSJda ko‘proq imkoniyatga loyiq

Bulyikin: Safonov PSJda ko‘proq imkoniyatga loyiq
Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Dmitriy Bulyikin Chempionlar ligasi doirasida "Atletiko"ga qarshi o‘yinda ishtirok etgan Matvey Safonovning harakatlarini baholadi. O‘yin 0:0 hisobida yakunlandi.

Bulyikinning ta'kidlashicha, rossiyalik darvozabon ishonchli o‘yin ko‘rsatib, yana bir bor o‘z darvozasini "quruq" saqlay oldi. "Matvey yaxshi harakat qildi, darvozasini daxlsiz saqladi.

Unga asosiy tarkibda ko‘proq imkoniyatlar tilayman. Bu, albatta, murabbiyning qaroriga bog‘liq.

Safonov ketma-ket ikki uchrashuvda darvozasini toza saqlaganini hisobga olsak, unga ko‘proq o‘yin vaqti berilishi kerak," – deydi Bulyikin "Sovetskiy sport"ga bergan intervyusida. Shuningdek, Bulyikin Safonovning ukrainalik himoyachi Ilya Zabarny bilan birinchi marta bir jamoada o‘ynaganiga ham to‘xtaldi.

U professional futbolda eng muhimi jamoa natijasi uchun birgalikda ishlash ekanini ta'kidlab, sport odamlarni birlashtiruvchi maydon bo‘lib qolishi kerakligini qo‘shimcha qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.