Tibo Kurtua «Manchester Siti»ga mag‘lubiyatni izohladi

Tibo Kurtua «Manchester Siti»ga mag‘lubiyatni izohladi
Chempionlar ligasi guruh bosqichining oltinchi turida Madridning «Real» klubi «Manchester Siti»ga qarshi o‘z maydonida 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu uchrashuv haqidagi fikrlari bilan madridliklar darvozaboni Tibo Kurtua o‘rtoqlashdi.

«Biz raqibning gollaridan keyin ishonchni yo‘qotmadik. Ammo orqada qolish juda qiyin.

Birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynagan narsalarni tanaffusdan keyin takrorlashni xohladik, lekin «Siti» kuchliroq bo‘lib chiqdi. Jamoa 100 foizlik kuch bilan o‘ynadi, ammo g‘alabaga erisha olmadik», – dedi belgiyalik darvozabon UEFA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Oltita tur yakuniga ko‘ra, «Real» Chempionlar ligasi guruh bosqichi jadvalida 12 ochko bilan yettinchi o‘rinni egallab turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.