Shlotterbekning "Bavariya"ga transferi masalasi aniqlandi

Shlotterbekning "Bavariya"ga transferi masalasi aniqlandi

Shlotterbekning "Bavariya"ga transferi masalasi aniqlandi
Dortmundning \"Borussiya\" jamoasi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek \"Bavariya\"ning transfer maqsadlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. Myunxen klubi \"qovoqari\"larning yulduz futbolchisini Dayo Upamekano o‘rniga muqobil variant sifatida baholamoqda.

Upamekanoning shartnomasi 2026-yil yozida yakunlanadi. Shlotterbek va uning atrofidagilar \"Bavariya\"ga o‘tish istiqbolini ijobiy baholashmoqda, deb xabar bermoqda jurnalistlar Kristian Falk va Tobi Altshoʻfl.

Hozirda Myunxen klubi rahbariyati bu borada aniq qadamlar tashlamagan, chunki ular Upamekanoning yakuniy qarorini kutmoqda. Agar fransiyalik futbolchi shartnomasini uzaytirsa, nemis himoyachisi \"Bavariya\"ga o‘tmaydi.

Transfermarkt portali Nikoning transfer qiymatini 40 million yevro atrofida baholamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.