Karim Benzema: Mbappe Realni yolg‘iz o‘zi yutqazmasin

Karim Benzema: Mbappe Realni yolg‘iz o‘zi yutqazmasin
Madridning "Real" jamoasining sobiq futbolchisi, hozirda "Al-Ittihod" safida to‘p surayotgan Karim Benzema Kilian Mbappe haqida fikr bildirdi. 26 yoshli hujumchiga haddan tashqari bog‘liqlik bu mavsumda "Real" jamoasining asosiy muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Benzema "L'Equipe" nashriga bergan intervyusida shunday dedi: "Men Kilianni qo‘llab-quvvatlayman. U muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan barcha fazilatlarga ega.

Endi u "Real" bilan sovrinlarni qo‘lga kiritishi kerak, ammo albatta, buni yolg‘iz o‘zi amalga oshira olmaydi." Joriy mavsumda Kilian Mbappe 25 ta gol urib, "Real"ning Chempionlar Ligasi va Ispaniya chempionatidagi barcha gollarining yarmidan ko‘prog‘ini o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.