Karim Benzema Ousman Dembele haqida gapirdi

Karim Benzema Ousman Dembele haqida gapirdi
Madridning "Real" klubi sobiq hujumchisi, hozirda Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubida o‘ynayotgan Karim Benzema "Oltin to‘p" sohibi Ousman Dembele haqida o‘z fikrlarini bildirdi. "Bu yigit "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan.

Mening fikrimcha, u haqida yetarlicha gapirilmayapti. U "PSJ" safida ajoyib mavsum o‘tkazdi.

Menimcha, unga yetarlicha e'tibor berilmayapti, aslida esa u dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Biz uning o‘tgan mavsumdagi ishlari haqida yetarlicha gapirmayapmiz, garchi u ulkan ishlarni amalga oshirgan bo‘lsa-da," deya Benzemaning so‘zlarini keltiradi Lequipe nashri.

Fransiya chempionatining joriy mavsumida 28 yoshli vinger sakkizta o‘yinda maydonga tushdi. Dembele bu o‘yinlarda ikkita gol urib, yana ikkita golga uzatma berdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.