Barselona Hamza Abdelkarimni o‘z safiga qo‘shmoqchi

Barselona Hamza Abdelkarimni o‘z safiga qo‘shmoqchi
Diario Sport nashrining xabariga ko‘ra, "Al-Ahli" hujumchisi Hamza Abdelkarim Kataloniyaning "Barselona" klubi qiziqish doirasiga tushgan. Ma’lum bo‘lishicha, "ko‘k-anorranglilar" sport direktori Deku futbolchini shaxsan kuzatib, uning o‘yinidan hayratlangan.

Deku Abdelkarimning U17 Jahon chempionatidagi ishtirokini yuqori baholagan va uni jamoaga jalb qilishga qiziqmoqda. Hozirda Hamza Abdelkarimning o‘zi ham "Barselona"ga transferga qiziqish bildirgan.

Biroq "Al-Ahli" klubi vakillari hujumchini saqlab qolish niyatida bo‘lib, muzokaralarni boshlashni istamayapti. Shu bilan birga, La Liga turnir jadvalida "Barselona" 16 turdan so‘ng 40 ochko to‘plab, birinchi o‘rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.