Inter va Yuventus Malinovskiyga qiziqish bildirmoqda

Inter va Yuventus Malinovskiyga qiziqish bildirmoqda
Genuyaning "Jenoa" klubi yarim himoyachisi, 32 yoshli ukrainalik futbolchi Ruslan Malinovskiy joriy mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.

Jurnalistning ma'lum qilishicha, tajribali futbolchiga Milanning "Inter" va Turinning "Yuventus" klublari qiziqish bildirmoqda. Ruslan Malinovskiy esa Italiyaning A Seriyasida faoliyatini davom ettirishga tayyor.

Malinovskiy joriy mavsumda A Seriyadagi 12 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Ukrainalik futbolchining "Jenoa" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Uning transfer qiymati 2,5 million yevro etib belgilangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.