Luka Modrichning bolalik orzusi amalga oshdi

Luka Modrichning bolalik orzusi amalga oshdi
40 yoshli "Milan" yarim himoyachisi Luka Modrich bolaligida "rossoneri" muxlisi bo‘lganini ma'lum qildi. "Milan" safida o‘ynayotganimdan xursandman.

Bu katta italyan klubi. Har safar jamoa libosida maydonga tushganimda zavq tuyaman.

Men bolaligimdan "rossoneri"ga muxlislik qilardim va ular safida o‘ynashni orzu qilardim. Orzuim amalga oshdi", – dedi Xorvatiya terma jamoasi futbolchisi "Gazzetta dello Sport" nashriga bergan intervyusida.

Modrich "Milan" safiga 2025-yil yozida qo‘shilgan. Yarim himoyachi klub bilan bir yillik shartnoma imzolagan.

Xorvatiyalik futbolchining transfer qiymati 4 million yevroga baholanmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.