Alvaro Morata jarohat oldi va uzoq muddatga safdan chiqdi

Italiyaning "Komо" klubi safida ijarada o‘ynayotgan ispaniyalik hujumchi Alvaro Morata bir necha oyga safdan chiqdi. Bu haqda taniqli sport jurnalisti Nikolo Skira xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, 33 yoshli futbolchida sonning adduktor mushaklarida jiddiy jarohat aniqlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Morata mart oyida maydonga qaytishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma amalga oshirgan. Eslatib o‘tamiz, Alvaro Morata hozirda "Komо" safida ijara asosida harakat qilmoqda, uning transfer huquqi "Milan" klubiga tegishli.
15-dekabr kuni "Komо" A Seriyaning 15-turida safarda "Roma"ga qarshi bahs olib boradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Manbalarga ko‘ra, 33 yoshli futbolchida sonning adduktor mushaklarida jiddiy jarohat aniqlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Morata mart oyida maydonga qaytishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma amalga oshirgan. Eslatib o‘tamiz, Alvaro Morata hozirda "Komо" safida ijara asosida harakat qilmoqda, uning transfer huquqi "Milan" klubiga tegishli.
15-dekabr kuni "Komо" A Seriyaning 15-turida safarda "Roma"ga qarshi bahs olib boradi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













