Modrich Allegri haqida o‘z fikrlarini bildirdi

Modrich Allegri haqida o‘z fikrlarini bildirdi
Milan jamoasining yulduz futbolchisi Luka Modrich "rossonerilar" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri haqida o‘z fikrlarini bildirdi. "Allegri – g‘olib murabbiy.

U ajoyib mutaxassis. U bilan ishlash menga yoqadi.

U kiyinish xonasida ajoyib muhit yaratdi, chunki katta futbolchilar bilan qanday ishlashni biladi. Massimiliano futbolchilardan maksimal darajadagi natijani chiqarib olishni ustalik bilan uddalaydi", – dedi 40 yoshli xorvatiyalik futbolchi Football-Italia nashriga bergan intervyusida.

Italiya chempionatining 14-turidan so‘ng Milan klubi 31 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Allegri shogirdlari yetakchi Napoli jamoasidan faqat qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ortda qolmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.