Arsenal Chempionlar Ligasida tarixiy natijaga erishdi

Londonning "Arsenal" klubi Chempionlar Ligasi doirasida navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Belgiyaning "Bryugge" jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda "kanonirlar" 3:0 hisobida zafar quchdi.
G‘alabani ta’minlagan gollardan ikkitasini Noni Madueke kiritib, dublga erishdi. Yakuniy gol esa Gabriel Martinelli hisobiga yozildi.
Opta statistikasiga ko‘ra, "Arsenal" Chempionlar Ligasining ilk olti o‘yinida ketma-ket g‘alaba qozongan uchinchi ingliz klubi bo‘ldi. Bungacha bunday natijaga "Liverpul" (ikki marta) va "Manchester Siti" erishgan edi.
Mikel Arteta boshchiligidagi jamoa 18 ochko to‘plagan holda umumiy bosqich jadvalining yuqori pog‘onasini egallab turibdi. Endi "Arsenal" Italiya klubi "Inter" va Qozog‘istonning "Qayrat" jamoalari bilan bellashishi lozim.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!G‘alabani ta’minlagan gollardan ikkitasini Noni Madueke kiritib, dublga erishdi. Yakuniy gol esa Gabriel Martinelli hisobiga yozildi.
Opta statistikasiga ko‘ra, "Arsenal" Chempionlar Ligasining ilk olti o‘yinida ketma-ket g‘alaba qozongan uchinchi ingliz klubi bo‘ldi. Bungacha bunday natijaga "Liverpul" (ikki marta) va "Manchester Siti" erishgan edi.
Mikel Arteta boshchiligidagi jamoa 18 ochko to‘plagan holda umumiy bosqich jadvalining yuqori pog‘onasini egallab turibdi. Endi "Arsenal" Italiya klubi "Inter" va Qozog‘istonning "Qayrat" jamoalari bilan bellashishi lozim.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













