Zidan Realga qaytishi haqidagi mish-mishlar rad etildi

Zidan Realga qaytishi haqidagi mish-mishlar rad etildi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso iste’foga chiqarilishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Mish-mishlarga ko‘ra, La Liga doirasidagi "Alaves"ga qarshi o‘yin natijasida yomon natija qayd etilsa, klub rahbariyati Alonso bilan xayrlashishi mumkin.

Uning o‘rniga asosiy nomzod sifatida 2021 yilda "Real"ni tark etgan Zinedin Zidan ko‘rilmoqda. Biroq, taniqli insayder Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, hozirda "qirollik klubi" fransuz mutaxassisi bilan hech qanday muzokaralar olib bormayapti.

Xabi Alonso iyun oyida "Real" bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Undan avval jamoani to‘rt yil davomida Karlo Anchelotti boshqarib kelgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.