Latsio Ruben Loftus-Chikni sotib olishni xohlamoqda

Latsio Ruben Loftus-Chikni sotib olishni xohlamoqda
Rimning "Latsio" klubi "Milan"da to‘p surayotgan ingliz yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chikka qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Italiyadagi Il Messaggero nashri xabar berdi.

Ma’lumki, "Latsio" bosh murabbiyi Mauritsio Sarri ilgari "Chelsi"da ishlagan paytida Loftus-Chik bilan birga faoliyat yuritgan va uning mahoratini yuqori baholagan. Shuningdek, manbaga ko‘ra, futbolchiga joriy Italiya chempioni "Napoli" ham qiziqmoqda.

Hozircha ushbu transfer bo‘yicha batafsil ma’lumotlar oshkor qilinmagan. Eslatib o‘tamiz, Ruben Loftus-Chik 2023 yildan buyon "Milan" sharafini himoya qilib kelmoqda.

U Angliya chempionatidan Italiyaga ko‘chib o‘tgan. Hozirda "Milan" A Seriya turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda va keyingi turda "Sassuolo"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.