Pisarov: Rossiya jamoasi asosiy tarkibda o‘ynaydi

Pisarov: Rossiya jamoasi asosiy tarkibda o‘ynaydi
Rossiya milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi a’zosi Nikolay Pisarov muhim o‘yinlarda jamoa qanday tarkibda o‘ynashi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. "Agar bizga Jahon chempionati yoki Yevropa chempionatiga yo‘llanma kerak bo‘lsa, jamoa asosiy tarkibda o‘ynaydi.

Agar g‘alaba biz uchun juda zarur bo‘lsa, optimal tarkibdan foydalanamiz," — dedi mutaxassis "Match Premyer" telekanali efirida. Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi FIFA va UEFAning qo‘shma qaroriga ko‘ra xalqaro musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirilgan.

So‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvida Valeriy Karpin boshchiligidagi Rossiya jamoasi Chili terma jamoasiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.