Stiven Jerrard "Liverpul"ga qaytishi mumkin

Stiven Jerrard "Liverpul"ga qaytishi mumkin
Futbol bo‘yicha "Liverpul" klubi afsonasi Stiven Jerrard jamoaga qaytishi mumkin. Football Insider nashrining xabariga ko‘ra, u bosh murabbiy Arne Slot iste’foga chiqsa, jamoani vaqtinchalik boshqarishga tayyor.

Klub ichida Jerrardning vaqtinchalik murabbiy sifatida tayinlanishi bo‘yicha muzokaralar olib borilgani aytilmoqda. Arne Slot 2024 yil yozida Yurgen Klopp o‘rniga bosh murabbiy lavozimini egallagan edi.

Uning klub bilan shartnomasi 2027 yil iyun oyigacha amal qiladi. Slot boshchiligida "Liverpul" o‘tgan mavsum Angliya chempioni bo‘lgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.