Chelsi Sterling bilan shartnomani bekor qilmoqchi

Chelsi Sterling bilan shartnomani bekor qilmoqchi
Londonning "Chelsi" klubi hujumkor yarim himoyachi Rahim Sterling bilan qishki transfer oynasida xayrlashmoqchi. Bu haqda Caught Offside nashri xabar bermoqda.

31 yoshli futbolchining kelajakda faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan ikki klub nomi tilga olinmoqda: "Lids" va "Kristal Pelas". Agar ushbu klublarning hech biri Sterlingni o‘z tarkibiga qo‘shmasa, "Chelsi" futbolchi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish variantini ko‘rib chiqishi mumkin.

Rahim Sterlingning London klubi bilan tuzgan shartnomasi 2027 yil yozida o‘z nihoyasiga yetadi. Uning transfer bozori qiymati besh million yevro atrofida baholanmoqda.

Joriy mavsumda Sterling "Chelsi" safida birorta o‘yin o‘tkazmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.