Atletiko va Valensiya o‘rtasidagi o‘yin tahlili

Atletiko va Valensiya o‘rtasidagi o‘yin tahlili
Ispaniya chempionatining 16-turida Madridning "Atletiko" jamoasi "Valensiya"ni qabul qiladi. Ushbu o‘yinga sobiq Rossiya terma jamoasi va Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi yarim himoyachisi Vladislav Radimov o‘z prognozlarini bildirdi.

"O‘ylaymanki, "Atletiko" birinchi daqiqalardan boshlab ustunlik qiladi va birinchi bo‘lim hamda butun o‘yinda g‘alaba qozonadi. Ikkinchidan, "Valensiya" gol ura olmaydi.

Ularning hujum chizig‘i kuchli emas, "Atletiko" esa juda ishonchli himoya qiladi", – deya ekspertning fikrlarini keltiradi RB Sport. "Atletiko" va "Valensiya" bugun, 13-dekabr kuni Madriddagi stadionda to‘qnash keladi.

Uchrashuv Moskva vaqti bilan soat 16:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. La Liga turnir jadvalida Diyego Simeone shogirdlari to‘rtinchi o‘rinda, "Valensiya" esa 16-o‘rinda joylashgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.