Atletiko La Ligada sakkizta uy uchrashuvida g‘alaba qozondi

Atletiko La Ligada sakkizta uy uchrashuvida g‘alaba qozondi
Madridning "Atletiko" jamoasi shanba kuni "Valensiya"ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, muxlislarini xursand qildi. Diego Simeone boshchiligidagi jamoa uchun gollarni Koke va Antuan Grizmann kiritdi.

Shu tariqa, "Atletiko" Ispaniya chempionatida o‘z maydonidagi g‘alabali seriyasini sakkizta o‘yinga yetkazdi. Ushbu seriya davomida madridliklar "Vilyarreal"ni (2:0), "Rayo Valyekano"ni (3:2), "Real"ni (5:2), "Osasuna"ni (1:0), "Sevilya"ni (3:0), "Levante"ni (3:1), "Real Oviedo"ni (2:0) va "Valensiya"ni (2:1) mag‘lub etishdi.

"Atletiko"ning navbatdagi uy uchrashuvi 2026-yilning 18-yanvarida "Alaves"ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.