Kerjakov: Safonov o'zini ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ldi

Kerjakov: Safonov o'zini ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ldi
Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Aleksandr Kerjakov PSJ darvozaboni Matvey Safonovning klubdagi istiqbollari haqida fikr bildirdi. Yaqinda rossiyalik posbon joriy mavsumda ilk bor maydonga tushdi.

Asosiy darvozabon Lyuka Shevalye jarohat olgani sabab Safonov PSJ safida “Renn”ga qarshi o'yinda (5:0), “Atletik” bilan bahsda (0:0) va “Mets”ga qarshi uchrashuvda (3:2) darvozani qo'riqladi. “Safonov o'zini ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Donnarumma bilan raqobat qilish unga qiyin edi. Hozir Safonov yanada raqobat kuchli muhitda, endi hammasi faqat o'ziga bog'liq”, — deya Kerjakovning so'zlarini “Chempionat” nashri keltirdi.

Fransiya chempionatining 16-turidan so'ng PSJ 36 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.