Tashuyev: Safonov PSJda o'zini yana isbotlashi kerak

Tashuyev: Safonov PSJda o'zini yana isbotlashi kerak

Tashuyev: Safonov PSJda o'zini yana isbotlashi kerak
«Ahmat» sobiq bosh murabbiyi Sergey Tashuyev rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning «Pari Sen-Jermen» asosiy tarkibidan joy olish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. «Matvey o\'zini yana isbotlashi kerak.

U PSJning asosiy darvozaboni maqomiga olib boradigan yo\'lda ilk qadamni tashladi. Yana ko\'proq ishlash zarur, Safonovda bu borada muammo yo\'q, deb o\'ylayman», — deya Tashuyevning so\'zlarini «Chempionat» nashri keltiradi.

Jamoaning asosiy posboni Lyuka Shevalye jarohat olgani sabab Safonov so\'nggi uch uchrashuvda maydonga tushdi. U «Renn»ga qarshi o\'yinda (5:0), «Atletik» bilan bahsda (0:0) va «Mets»ga qarshi uchrashuvda (3:2) PSJ darvozasini qo\'riqladi.

Eslatib o\'tamiz, Safonov 2024 yil yozida «Krasnodar» klubidan Fransiyaning PSJ jamoasiga ko\'chib o\'tgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.