Sevilya Real Ovyedoni yirik hisobda mag'lub etdi

La Liganing 16-turida "Sevilya" o'z maydonida "Real Ovyedo"ni qabul qildi va 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvning 4-daqiqasida Akor Adams hisobni ochdi.
Birinchi bo'lim o'rtalarida Adams pasidan keyin Djibril Sou aniq zarba yo'llab, mezbonlar ustunligini ikki baravar oshirdi. 51-daqiqada Adams navbatdagi golli uzatmani amalga oshirdi va Batist Menfi hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirdi.
83-daqiqada "Real Ovyedo" bir o'yinchidan ayrildi: David Karmu Chidera Edjuke va Manu Bueno bilan ketma-ket epizodlarda qoidani buzgani uchun ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi. 89-daqiqada "Real Ovyedo" himoyasidagi xatodan so'ng Edjuke vaziyatdan unumli foydalanib, yakuniy hisobni o'rnatdi — 4:0.
16-turdan so'ng "Sevilya" 20 ochko bilan 8-o'rinni bo'lishib turibdi. "Real Ovyedo"da esa ochkolar ikki baravar kam va jamoa turnir jadvalida pastdan ikkinchi pog'onada qayd etilgan.
Gollar: Akor Adams (4), Djibril Sou (22), Batist Menfi (51), Chidera Edjuke (89).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Birinchi bo'lim o'rtalarida Adams pasidan keyin Djibril Sou aniq zarba yo'llab, mezbonlar ustunligini ikki baravar oshirdi. 51-daqiqada Adams navbatdagi golli uzatmani amalga oshirdi va Batist Menfi hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirdi.
83-daqiqada "Real Ovyedo" bir o'yinchidan ayrildi: David Karmu Chidera Edjuke va Manu Bueno bilan ketma-ket epizodlarda qoidani buzgani uchun ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi. 89-daqiqada "Real Ovyedo" himoyasidagi xatodan so'ng Edjuke vaziyatdan unumli foydalanib, yakuniy hisobni o'rnatdi — 4:0.
16-turdan so'ng "Sevilya" 20 ochko bilan 8-o'rinni bo'lishib turibdi. "Real Ovyedo"da esa ochkolar ikki baravar kam va jamoa turnir jadvalida pastdan ikkinchi pog'onada qayd etilgan.
Gollar: Akor Adams (4), Djibril Sou (22), Batist Menfi (51), Chidera Edjuke (89).
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













