Viktor Goncharenko Belarus terma jamoasiga bosh murabbiy bo'ladi

Viktor Goncharenko Belarus terma jamoasiga bosh murabbiy bo'ladi
Moskvaning CSKA klubini avval boshqargan Viktor Goncharenko Belarus milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallaydi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi manbalarga tayanib, insayder Ivan Karpov xabar berdi.

Manbaga ko'ra, tomonlar 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan mehnat shartnomasini kelishib olgan. Belaruslik mutaxassisning so'nggi ish joyi Rossiyaning "Pari NN" klubi bo'lgan.

Goncharenko joriy yil yozida Nijniy Novgorod jamoasini tark etgan. U faoliyati davomida BATE, "Ural", "Ufa", "Krasnodar" va "Kuban" klublarida ham ishlagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.