La Ligada «Levante» va «Vilyarreal» o'yini qoldirildi

Ispaniya La Ligasining yakshanba kungi «Levante» – «Vilyarreal» uchrashuvi boshqa kunga ko'chirildi. «Levante» klubi rasmiy manbasiga ko'ra, o'yinni qoldirish tashabbusi mintaqadagi ob-havo prognozi bilan bog'liq: kuchli yomg'irlar sabab hukumat qizil darajadagi xavf ogohlantirishini e'lon qilgan.
O'yinni ko'chirish bo'yicha qarorni Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi tasdiqladi. Uchrashuvning yangi sanasi keyinroq ma'lum qilinadi.
Avvaldan sotib olingan chiptalar o'z kuchini saqlab qoladi. Hozirda «Vilyarreal» La Liga turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda, «Levante» esa so'nggi pog'onani egallab turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!O'yinni ko'chirish bo'yicha qarorni Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi tasdiqladi. Uchrashuvning yangi sanasi keyinroq ma'lum qilinadi.
Avvaldan sotib olingan chiptalar o'z kuchini saqlab qoladi. Hozirda «Vilyarreal» La Liga turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda, «Levante» esa so'nggi pog'onani egallab turibdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













