Lans va Lill Ligada navbatdagi g'alabalarga erishdi

Lans va Lill Ligada navbatdagi g'alabalarga erishdi
Fransiya Ligasining 16-turi doirasidagi bir qator uchrashuvlar yakunlandi. Lans o'z maydonida Nitsani 2:0 hisobida mag'lub etdi va turnir jadvalida yana yuqori pog'onalarga ko'tarildi.

Mezbonlar safida Odsin Edular dubl qayd etdi: u 15 va 57-daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol qildi. Strasburg hamda Loriyan o'rtasidagi bahs esa golsiz durang bilan yakunlandi — 0:0.

Turning eng sermahsul o'yinlaridan biri Oserda bo'lib o'tdi. Oser va Lill uchrashuvida mehmonlar 4:3 hisobida g'alaba qozondi.

Lill o'yin so'ngida hal qiluvchi golni urib, uch ochkoni qo'lga kiritdi. Bu uchrashuvda hakam jami to'rtta qizil kartochka ko'rsatdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.