Valdepensyas «Real»da asr boshidan uchinchi eng yosh himoyachi

Valdepensyas «Real»da asr boshidan uchinchi eng yosh himoyachi
Viktor Valdepensyas Madridning «Real» klubi safidagi ilk o'yinini o'tkazmoqda. Chap qanot himoyachisi «Alaves»ga qarshi La Liga uchrashuvida asosiy tarkibdan maydonga tushdi.

Opta ma'lumotiga ko'ra, XXI asr boshidan buyon «Real»ning La Ligadagi asosiy tarkibida himoyachilar orasida undan ham yoshroq yoshda debyut qilganlar faqat Rafael Varan (18 yosh 149 kun) va Ashraf Hakimi (18 yosh 331 kun) bo'lgan. Valdepensyas hozir 19 yosh 55 kunlik.

U bungacha «Real» safida hatto zaxiradan ham maydonga tushirilmagan. Tanaffusga kelib, Xabi Alonso jamoasi Kilian Mbappening aniq zarbasi evaziga 1:0 hisobida oldinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.