Shtutgart Bremenda Verder darvozasiga to'rtta gol urdi

Shtutgart Bremenda Verder darvozasiga to'rtta gol urdi
Bundesliganing 14-turida kam g'alaba qozonib kelayotgan Verder va Shtutgart Bremenda o'zaro bahs olib bordi. Uchrashuvda mezbonlar og'ir mag'lubiyatga uchradi.

23-daqiqada Deniz Undav Anjelo Shtiller uzatmasidan so'ng gol urdi, biroq ofsayd qayd etilgani uchun to'p inobatga olinmadi. Keyinroq Undav qulay vaziyatdan foydalana olmadi.

40-daqiqada esa Bilal el-Xannus Jeymi Levelingning uzatmasini bosh bilan aniq yakunlab, hisobni ochdi. Tanaffus arafasida Leveling uzoq masofadan zarba bilan farqni ikkiga oshirdi.

59-daqiqada Verder himoyachisi Karim Kulibali ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi. Son ustunligidan foydalanib, mehmonlar o'yin yakunida yana ikki bor gol urdi: uchrashuv so'ngida Undav bu safar qoidabuzarliksiz gol kiritdi, yakuniy daqiqalarda esa tezkor hujumda Kris Fyurix aniq zarba bilan nuqtani qo'ydi.

Natijada Shtutgart 25 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi o'ringa ko'tarildi, Verder esa 12-o'rinda qoldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.